MARUPOV ZUBAIDULLO
serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)

1914-yilda Samarqandda dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng kolxozda ishlagan.
1939-yildan Qizil Armiya safida. 1941-yildan boshlab Ikkinchi Jahon urushida. Stalingrad jangida qatnashgan. Dnepr daryosini kechib o‘tishda, Ukrainaning o‘ng qirg‘og‘idagi janglarda, Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 16-oktabrda 568-o‘qchi polkining tankka qarshi qurol hisobi komandiri (149-o‘qchi diviziyasi, 65-armiya, Markaziy front) birinchilardan bo‘lib Radul shahridan (Belorussiya) shimolda Dnepr daryosini kechib o‘tadi. Sohil yaqinida, suzib borayotgan qayig‘iga mina kelib tushadi. Sohilga faqat 2 ta yaralangan jangchilar yetib boradi. Og‘riqni engib, Marupov so‘nggi kuchini to‘plab tepalikka chiqadi va granata bilan dushmanning pulemyot nuqtasini yo‘q qiladi va hushini yo‘qotadi.
1943-yil 5-dekabrdagi 149-o‘qchi diviziyasining buyrug‘i bilan, oddiy askar Marupov Zabaidullo “Dneprni kechib o‘tishda ko‘rsatgan qahramonligi va jasorati uchun”, III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
Davolanganidan so‘ng, polkiga qaytib keladi va artilleriya hisobiga 45 mmli orudiya komanidirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi. Visla daryosidan ilg‘or otryad tarkibida o‘tgan.
1944-yil 7-avgustga o‘tar kechasi artilleriyachilar Annop (Polsha) yaqinidagi Visla daryosining chap qirg‘og‘oga yasama qayiqlarda o‘tishadi. Kechuv vaqtida hisob, orudiyadan o‘t ochib, dushmanning o‘t ochish nuqtasini yakson qiladi. 7-22-avgust kunlari platsdarm uchun janglarida jasur artilleriyachilar yana 4 ta dushman o‘t ochish nuqtasini yo‘q qilib, 20 dan ortiq dushman askarlarini qirib tashlaydi.
1944-yil 21-noyabrdagi buyruq bilan “Vislani kechib o‘tishda ko‘rsatgan qahromonligi va jasorati uchun” oddiy askar Marupov Zabaidullo II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
Smikuv axoli yashash punktida jasoratli artilleriyachilar 4 ta o‘t ochish nuqtasi va 10 dan ortiq dushman askarlarini yo‘q qiladi. Dushmanninig to‘rtinchi qarshi hujumni qaytarishda, vzvod komandiri va barcha guruh komandirlari halok bo‘ladi. Omon qolgan piyoda askarlar orudiya yoniga to‘planishadi. Guruh komandirligini qabul qilib, mudofaani tashkil qiladi va qo‘shimcha kuchlar kelguniga qadar o‘z pozitsiyasini ushlab turadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Marupov Zubaidullo I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1946-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Samarqandga qaytib kelgan. 1964-yil 6-noyabrda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI