MARTINOV BORIS MAKAROVICH

   

        Kapitan Martinov Boris Makarovich, 1916-yil 24-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta,
1934-yilda Orjonokidze tumanidagi o‘rta maktabning 9-sinfini, 1938-yilda O‘rta Osiyo harbiy okrugiga qarashli 10-yengil tankchilar polki tasarrufidagi kichik boshliqlar tarkibi maktabini tamomlagan.

        1941-yil maydan 1943-yilgacha bo‘lgan davrda 84-alohida moto-muhandislik batalonida moliya bo‘limi boshlig‘i, kechuv parki komandiri sifatida xizmat qilgan. 1944-yil avgustdan 1-alohida zaxira sapyorlar polki o‘quv batalonida katta ad’yutant, 1944-yilda 2-Belarus fronti tarkibidagi 345-alohida Roslavl sapyorlar batalonida katta ad’yutant, 1944-yil dekabrdan 1945-yil iyulgacha 139-o‘qchilar Roslavl diviziyasi 195-alohida sapyorlar batalonida katta ad’yutant lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun” “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI