MARCHENKO IVAN GEORGIYEVICH

        Mayor Marchenko Ivan Georgiyevich, 1910-yil 18-yanvarda Prechestin rayoni Polyashi qishlog‘ida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, 1930-yilda Smolensk viloyati pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

        1941-yil iyuldan 1943-yil noyabrgacha IIXK maxsus bo‘limi, keyinchalik Kalinin va 1-Boltiq bo‘yi frontlari tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ xodimi sifatida xizmat qilgan. 1943-yil noyabrdan 1944-yil dekabrgacha 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 3-havo kuchlari armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ xodimi bo‘lgan. 1945-yil sentabrgacha Leningrad va 1-Ukraina frontlari tarkibidagi 3-gvardiya qiruvchi aviadiviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ xodimi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI