MANSUROV AYNULLA ILAJETDINOVICH

        Podpolkovnik Mansurov Aynulla Ilajetdinovich, 1911-yil 10-yanvarda Turkmaniston SSRning Qizil-Aravat shahrida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

        1941-yil iyulda O‘rta Osiyo harbiy okrugi va Shimoliy-G‘arbiy front tarkibidagi 312-o‘qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi sifatida xizmatni boshlagan. 1941-yil oktabrdan 1942-yil yanvarga qadar G‘arbiy front 24-tankchilar brigadasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi, katta operativ xodimi. 1942-yil oktabrda jarohat olganligi sababli Moskva shahridagi evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘ini tiklaganidan so‘ng 1942-yil iyulga qadar Moskva harbiy okrugi
16-tankchilar polki tasarrufidagi 25-tankchilar bataloni IIXK maxsus bo‘limi katta operativ xodimi bo‘lgan. 1942-yil iyuldan 1945-mayga qadar IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Bryansk, Markaziy, Janubiy, 4-Ukraina va 1-Boltiqbo‘yi frontlari tarkibidagi 101-tankchilar brigadasi “SMERSH” kontrrazvedkasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Belgradni ozod etganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20, 30 yil”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BELGRADNI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI