MANSHIN IVAN YEGOROVICH
Leytenant Manshin Ivan Yegorovich, 1914-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, qishloq maktabining 5-sinfini tamomlagan.
1940-yil yanvardan 1942-yil sentabrgacha Turkiston harbiy okrugi 186-maxsus zenitchilar diviziyasi va 187-maxsus zenitchilar polki avtovzvodi komandiri bo‘lib xizmatni o‘tagan. 1942-yilda Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi 215-maxsus zenit diviyaziyasi avtovzvodi komandiri lavozimida xizmat qilgan. Jarohatlanganligi sababli 1942-yil dekabrdan 1943-yil yanvargacha 2029-evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘ini tiklaganidan so‘ng Voronej fronti tarkibidagi 38-o‘qchilar diviziyasiga vzvod komandiri etib tayinlanadi. 1943-yil oktabrdan 1944-yil iyungacha 1-Ukraina fronti tarkibidagi 137-maxsus tankchilar rotasi komandiri yordamchisi, 1945-yil maygacha shtab himoyasi 11-maxsus batalonida vzvod komandiri, keyinchalik 1-Ukraina fronti tarkibidagi 804-maxsus avtotransport bataloni rota komandiri lavozimlarida xizmat faoliyatini olib borgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.