MANSHETOV VLADIMIR YAKOVLEVICH

        Podpolkovnik Manshetov Vladimir Yakovlevich, 1926-yil 15-yanvarda Krasnoyarsk o‘lkasining Kuraginskiy tumanidagi Shalobolino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Samarqand shahridagi 45-sonli o‘rta maktabni, 1955-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        Xizmatni 1943-yil noyabrda 2-Ivanovo shturmanlar va uchuvchilar oliy maktabining o‘qchi-radistlar kursining kursanti sifatida boshlagan. 1944-yil yanvarda 1, 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 1-Boltiqbo‘yi 18-havo kuchlari armiyasining 45-aviatsiya diviziyasiga qarashli 362-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polkiga havo o‘qchisi, jangovar texnikani o‘rnatish komandiri sifatida jo‘natiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20, 30 va 40 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI