MANNANOV SHOKIR FATIXOVICH
serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (22.02.1945)
1917-yil 1-oktabrda Boshqirdistonning Ishimbay tumanidagi Kiyaukovo qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Bashkir. 4-sinfni tugatgan. Haydovchi, kinomexanik bo‘lib ishlagan.
1941-yilda Buxoro viloyati Shofrikon tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi Jahon urushi frontida 1942 yil fevraldan.
Moskva, Don, Belorusiya, 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Aloqachi, keyin artilleriyachi – 1030-o‘qchi polkining 76-mmli pushka hisobining orudiya komandiri (260-o‘qchi diviziyasi, 11-armiya, Belorussiya fronti) bo‘lgan.
1943-yil dekabr oyining boshida Belorusiyaning Gomel viloyatidagi Zolotoy Rog qishlog‘i uchun bo‘libgan jangda dushmanning qarshi hujumini qaytarib, 2 ta pulemyotni va 10 dan ko‘p nemis askarlarini yo‘q qiladi. Keyingi hujumlarda 10 ga yaqin dushman askarini yakson qilgan.
1943-yil 6-dekabrdagi 260-o‘qchi diviziyasining buyrug‘i bilan serjant Mannanov Shokir Fatixovich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 21 va 22-mart kunlari Kovel shahrining janubiy chetidagi janglarda o‘qchi rotani qo‘llab-quvvatlab, 3 ta o‘rnatma pulemyotini yo‘q qiladi, nemislar joylashib olgan 2 ta uyni yoqib yuboradi. 1944-yil 31-martda Kovel shahrining shimoli-sharqiy chekkalari uchun jangda dushman piyodalarini tanklardan ajratib tashlaydi va dushmanning 12 nafar askarini yo‘q qiladi.
1944-yil 13-apreldagi 260-o‘qchi diviziyasining buyrug‘i bilan serjant Mannanov Shokir Fatixovich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan (takroran).
1944-yil iyul oyi boshida Ukrainaning Volin viloyatidagi Kovel shahri uchun jangda dushmanning 1 ta o‘t ochish nuqtasini, 2 ta pulemyot nuqtasini va dushmaning guruhga teng askarlarini yo‘q qiladi.
1944-yil 5-sentabrdagi 47-armiyaning buyrug‘i bilan serjant Mannanov Shokir Fatixovich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 21-sentabrda artilleriya batareyasi tarkibida polyak qishlog‘i uchun jangda 2 ta pulemyot o‘t ochish nuqtasini va 15 tagacha nemis askarlarini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Mannanov Shokir Fatixovich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Urushdan so‘ng, zahiraga bo‘shatilgan. O‘z qishlog‘iga qaytib kelgan. 1954-yilda oilasi bilan Boshqirdistonning Sterlitamak tumanidagi Sterlitamak sovxoziga ko‘chib borgan.
1972-yildan nafaqaga chiqqan. 1973-yil 23-aprelda vafot etgan. Shimoliy qishloqda dafn etilgan.