МАНАБАЕВ ЗУЛХУДЖА

       Mayor Manabayev Zulxudja, 1920-yil 1-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Toshkent hisoblash-iqtisod bilim yurtini tamomlagan.

       1941-yil avgustda Yaroslav harbiy-piyoda askarlar bilim yurti 2-o‘qchilar polkiga rota qo‘mondoni etib tayinlangan. 1941-yil oktabrda qo‘l panjasidan og‘ir yaralanganligi sababli 3600-evakuatsiya gospitalida (Qozog‘iston SSR) davolanishda bo‘lgan, shundan so‘ng 3-guruh nogironi sifatida xizmatdan bo‘shatilgan. 1942-yil martda Toshkent viloyati IIXKga operativ xizmatga qabul qilingan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI