MAMONTOV MIXAIL ALEKSANDROVICH

        Kapitan Mamontov Mixail Aleksandrovich, 1912-yil 31-dekabrda Arxangelsk viloyatining Konosh tumanidagi Afanasovo qishlog‘ida tug‘ilgan, 1939-yilda IIXKning Sverdlovsk o‘lkalararo maktabini tamomlagan.

        O‘quv yurtini tamomlaganidan so‘ng, Ternopol viloyati IIXK rayon bo‘limi operativ xodimi sifatida xizmatni o‘tagan. 1941-yilda Zaporojets viloyati bo‘yicha IIXKB operativ guruhi operativ xodimi, 1941-yil oktabrdan 1944-yil dekabrga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 324-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi bo‘lgan. 1945-yil martga qadar 2-3-Belorus frontlari tarkibidagi
50-armiyaning zaxira o‘qchilar polki 58-armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi, 1945-yil martdan mayga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi
144-to‘pchilar artilleriyasi brigadasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi sifatida xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI