MAMEDOV MINUR ISO O‘G‘LI
gvardiya katta serjanti, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)
1924-yil 12-martda Mohe qishlog‘ida (Gruziyaning Samsxe-Javaxetiya hududidagi Adigeni meriyasi) dehqon oilasida tug‘ilgan. Mesxetik-turk. Boshlang‘ich ta’lim olgan. Kolxozda oddiy ishchi, so‘ngra brigadir bo‘lib ishlagan.
1942-yil sentabrdan Qizil Armiyada. 1943-yil yanvardan janglarda qatnashgan. Mozdok shahri (hozirgi Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasi) yaqinida birinchi bor janga kirgan. Shimoliy Kavkazda, Voronejda (1943-yil 20-oktabrdan – 1-Ukraina) va 4-Ukraina frontlarida jang qilgan. Kavkaz uchun janglarda, Ukrainaning chap qirg‘og‘ini ozod qilishda, Kiyevning hujum va mudofaa operatsiyalarida, Jitomir-Berdichev, Korsun-Shevchenkovskaya, Proskurovo-Chernovits, Lvov-Sandomir, Sharqiy Karpat, G‘arbiy Karpat va Moravsk-Ostrav hujum operatsiyalarida qatnashgan. Janglarda 3 marta yaralangan.
1944-yil 10-martda Cherepashinsy qishlog‘i (hozirgi Vinnitsa viloyatining Kalinovskiy tumani) yaqinidagi mudofaa jangida oddiy askar M.I.Mammedov dushmanni pulemyotdan o‘t ochish nuqtasidan o‘qqa tutadi. Dushman o‘qi uning pulemyotni ishdan chiqarganida miltiqdan o‘q uzib 2 ta nemis askarini yo‘q qiladi. Yaralanganiga qaramay, dushman hujumi ostida ortga chekinadi. Komandirning buyrug‘i bilan “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 3-oktabrda Sharqiy Karpat hujum operatsiyasida Shlyahetske (Polsha) qishlog‘ida o‘qchi bo‘linmalarining hujumini pulemyotdan o‘t ochib qo‘llab-quvvatlab turadi. Qulay balandlikda pozitsiyani egallab, nemislarning qarshi hujumini qaytaradi va dushmanning 20 nafar askarini yo‘q qiladi. Bo‘linma komandirining buyrug‘i bilan ikkinchi “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 26-oktabrda dushmanni pulemyotdan o‘qqa tutib o‘qchi jangovar bo‘linmalarga yordam beradi. Yaslo shahri (hozirgi Podkarpatik, Polsha) hududida askarlar jasorat bilan dushmanning o‘t ochish joylari va tirik kuchini yo‘q qilib oldinga siljib borishadi. Pulemyot hisobi dushmanning 3 ta pulemyot nuqtasini va 16 ta askarini yo‘q qiladi.
340-o‘qchi diviziya komandirining 1944-yil 12-noyabrdagi buyrug‘i bilan serjant Mammedov Minur Iso o‘g‘li III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
G‘arbiy Karpat operatsiyasida 340-o‘qchi diviziya Krakov yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir janglarni o‘tkazadi. 1945-yil 21-yanvarda Mislenitse shahri (hozirgi Malopolsk, Polsha) hududida o‘qchi batalyoni hujumini qo‘llab-quvvatlab, dushmanning 3 ta qo‘l pulemyotini va 1 ta o‘rnatma pulemyotni, 13 nafar askarini yo‘q qiladi.
1945-yil 8-martdagi 38-armiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan serjant Mammedov Minur Iso o‘g‘li II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yil 3-fevraldan 12-fevralgacha bo‘lgan davrda Belska-Byala (hozirgi Silezsk, Polsha) ostonasida bo‘linmani qo‘llab dushmanning hujumlarini qaytaradi, dushmanning tirik kuchining katta qismini yo‘q qiladi va batalyonning jangovar topshirig‘ini bajarishini ta’minladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Mammedov Minur Iso o‘g‘li 1-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 24-iyundagi g‘alaba paradiga ishtirok etgan.
1947-yil mayda zaxiraga bo‘shatilgan.
Gruziyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan qarindoshlari oldiga bogan. Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi paxta sotib olish punktida ishlagan.
2012-yil 1-avgustda vafot etgan. Kabardino-Bolgariya Respublikasining Nartkala shahrida dafn etilgan.