MALSEV SEMEN ILLARIONOVICH

        Kapitan Malsev Semen Illarionovich, 1923-yil 11-avgustda Voronej viloyatining Veduchskiy tumanidagi Quyi Veduga qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

       1941-yil oktabrda Voronej radio mutaxassislari maktabi (Novosibirsk sh.) 6-bataloni 2-rotasida kursant-radist sifatida xizmatni o‘tagan. 1942-yilning fevralidan dekabriga qadar Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi 140-tankchilar brigadasi tank minorasi radist-mergani bo’lgan. Yaralangani sababli 1942-yil dekabrdan 1943-yil aprelga qadar 2455-evakuatsiya gospitalida (Tbilisi sh.) davolanishda bo‘lgan. 1944-yil fevralda IIXK Toshkent o‘lkalararo maktabiga kursant sifatida qabul qilingan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI