MALSEV IVAN MATVEYEVICH

        Podpolkovnik Malsev Ivan Matveyevich, 1912-yil 12-oktabrda Smolenskoy viloyati Smolenskiy tumani Ukolovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1930-yilda o‘rta maktabni tugatgan.

        1941-yil yanvarda IIXK Oliy maktabini tamomlaganidan so‘ng, Uzoq Sharq fronti IIXK 18-o‘qchilar korpusi maxsus bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. 1941-yil iyuldan 1943-yil dekabrga qadar Uzoq Sharq fronti IIXK 35-Armiyasi maxsus bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari. 1945-yil 2, 3, 4-Ukraina va 1-Belorus frontlari 4-gvardiya kavaleriya korpusi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI