MALAXOV GRIGORIY MITROFANOVICH

        Kapitan Malaxov Grigoriy Mitrofanovich, 1913-yil 25-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, millati o‘rta, Toshkent aloqa bilim yurtini 1935-yilda tamomlagan.

        1942-yil maydan 1945-yil mayga qadar Stalingrad, Janubiy, 4-Ukraina, 1, 2, 3-Belorus frontlarida va 10-alohida aloqa ta’mirlash-tiklash batalonida texnik va bo‘linma komandiri lavozimlarida xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI