MAKSUMOV GIYAS

        Kichik leytenant Maksumov Giyas, 1909-yil 1-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1929-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan, 1940-yila Toshkent pedagogika institutining 2-bosqichini tamomlagan.

        1942-yilning oktabridan 1943-yilning fevraliga qadar Chelyabinsk tankchilar bilim yurtining kursanti bo‘lgan. Bilim yurtini tamomlaganidan so‘ng, Leningrad fronti 735-artilleriya polkiga jo‘natilgan. Yaralanib, 1943-yilning iyuliga qadar 1173-sonli evakuatsiya gospitalida (Leningrad shahri) davolanishda bo‘ladi. 1943-yilning iyunidan 194-yilning apreliga qadar Leningrad fronti 67-armiyasining 988-armiya zenit polkida xizmatni o‘tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”  medallari bilan taqdirlangan.

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI