MAKSIMOV IVAN MIXAYLOVICH

        Polkovnik Maksimov Ivan Mixaylovich, 1918-yil 25-noyabrda Vladimir viloyati Livino Melenkovskiy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1960-yilda DXK Oliy maktabini tamomlagan.

        1941-yil iyuldan 1943-yil oktabrgacha Leningrad fronti 5-alohida dengiz o‘qchilari brigadasi 3-alohida bo‘linma komandiri sifatida xizmat qilgan. 1944-yil iyulgacha Boltiq floti “Zorkiy” ishg‘olchi qo‘riqlash kemasi elektrigi, 1944-yil iyuldan 1945-yil yanvargacha bo‘lgan davrda Boltiqbo’yi floti 8-9-divizioni tralchilari 342-sonli kater-tralchi botsmani lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI