MAKSIMOV DMITRIY SEMENOVICH
Katta praporshik Maksimov Dmitriy Semenovich, 1925-yil 18-oktyabrda Omsk viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1942-yil Omsk viloyati o‘rta maktabni tamomlagan.
1943-yil yanvarda 6-o‘qchilar zaxira polkida xizmatni boshlagan (Perm viloyati). 1943-yil mayda shaxsiy iltimosiga ko‘ra avtomatchi sifatida frontga jo‘natilgan, keyinchalik Sharqiy Sibir o‘qchilar diviziyasi 26-gvardiyasi o‘qchilar bo‘linmasi komandiri etib tayinlandi va u yerda 1945-yil maygacha xizmat qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi”, “III darajali Shon-sharaf”, “Shon-sharaf belgisi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Keningsbergni ishg’ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 50, 60 va 70 yil” medallari bilan taqdirlangan.