MADAMINOV RADJAP

 

        Starshina Madaminov Radjap, 1924-yil 13-mayda Xorazm viloyati Xiva tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

        1943-yil sentabrdan 1944-yil avgustgacha 62-zaxira polki oddiy askari sifatida xizmatni o‘tagan. 1944-yil fevralda 1-Belorus fronti 1-korpusi 35-motoo‘qchilar brigadasi 2-motoo‘qchilar batalonida oddiy askar bo‘lgan. 1944-yil avgustdan 1945-yil yanvargacha 1493-evakuatsiya gospitalida (Brest sh.) davolanishda bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI