LYUBIMOV ALEKSANDR VLADIMIROVISH
serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (24.04.1945)

1919-yil 14-mayda Kiev shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. 4 yoshida yetim qolgan. Bolalar uyida voyaga yetgan. O‘rta maktabning 8-sinfini tugatgan. Kiyevdagi “Leninskaya kuznitsa” sexida chilangar shogirdi, keyin chilangar bo‘lib ishlagan.
1941-yil yozida Toshkentga evakuatsiya qilingan va mudofaa korxonasida ishlagan. 1943-yil martda Toshkent shahridagi Stalin viloyat harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1943-yil oktabrdan boshlab 82-o‘qchi diviziyasi 246-gvardiya o‘qchi polkida razvedkachi bo‘lgan. 3-Ukraina, 1944-yil iyunidan – 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Melitopol, Quyi Dnepr, Nikopol-Krivorojskaya, Bereznegovato-Snigirevskaya, Odessa, Belorussiya, Visla-Oder, Berlin hujum operatsiyalarida qatnashgan.
Nikopol-Krivoroj hujum opratsiyasida jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 29-yanvarda Ukraina SSR Dnepropetrovsk viloyatining Apostolovskiy tumanidagi “Otradny” qishlog‘i uchun jangda dushman pulemyotchisi askarlarni oldinga harakatni to‘xtatib qo‘yganida, pulemyot o‘t ochish punktiga yaqinlashib, avtomat bilan dushmanni yo‘q qiladi va nemis transheyasiga kirib borib, pulemyotni egallaydi va dushmanga qaratib, o‘qqa tutadi.
“Nemis bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun”, 1944-yil 3-aprelda 82-gvardiya o‘qchilari diviziyasi buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
Polshadagi Magnushevski platsdarimdagi janglarda jasur va a’lo darajadagi razvedkachi ekanligini isbotlaydi. 1944-yil 6-oktabrga o‘tar kechasi razvedka guruhi tarkibida yashirincha dushmanning mudofaa chizig‘iga boradi va granatani mo‘ljalga aniq uloqtirib dushmanning pulemyotchisini yo‘q qiladi.
“Ko‘rsatgan jasorati uchun”, 8-gvardiya armiyasining 1944-yil 12-noyabrdagi buyrug‘i bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Magnushevskiy platsdarmidagi jangda yana bir bor jonbozlik ko‘rsatadi. Mudofaani tashkil qilganidan keyin nemislar qarshi hujum bilan nuqtani qaytarib olishga qaror qilishadi, lekin uning guruhi dushmanning qarshi hujumni qaytaradi va yaqindagi dushman qo‘shinlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ladi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Lyubimov Aleksandr Vladimirovish I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1947-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Kaliningrad shahrida yashagan.
1999-yil 17-iyulda vafot etgan. Boltiq magistralidagi Kaliningrad shahar qabristoniga dafn qilingan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI