LUKYANOV VASILIY IVANOVICH
Mayor Lukyanov Vasiliy Ivanovich, 1925-yil 1-avgustda Penza viloyati Danilovskiy tumani Senod qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Toshkent sanoat bilim yurtini tamomlagan.
1943-yil avgustda Orlov piyoda askarlar bilim yurtini tamomlaganidan so‘ng Stepnoy fronti tarkibidagi 53-armiyasi 233-o‘qchilar diviziyasi o‘qchisi etib tayinlanadi. Yaralanganligi sababli 1943-yil sentabrdan oktyabrgacha 1929-evakuatsiya gospitalida davolntshda bo‘lgan. Sog‘lig‘ini tiklaganidan so‘ng 2-Ukraina fronti 230-zaxira o‘qchilar polkiga o‘qchi sifatida jo‘natilgan. 1943-yil noyabrdan 1944-yil maygacha 2-Ukraina fronti kichik leytenantlar kursida kursant, 1945-yil maygacha 2-Ukraina va Belorus frontlari 89-o‘qchilar diviziyasi 273-o‘qchilar polki vzvodi komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.