LOZIN PETR IVANOVICH

          Katta serjant Lozin Petr Ivanovich, 1914-yil 21-avgustda Saratov viloyati Zalesyanka Samoylovskiy tumanida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Toshkent sanoat bilim yurtini tamomlagan.

      1940-yil iyulda Dnepropetrovsk shahrida, undan keyin Markaziy front 430-to‘pchilar artilleriyasi polkining 11-batareyasida katta radiotelegrafchisi bo‘lib xizmat qilgan. 1942-yil maydan 1944-yil martgacha Janubiy front 1198-gaubitsa artilleriya polki radio bo‘linmasi komandiri. 1944-yil aprelda 2-Boltiqbo‘yi fronti 19-alohida zambarak batareyasi bo‘linmasi komandiri bo‘lgan. 1945-yil maygacha 1-Belorus fronti 1-zambarak artilleriya polki 4-batareya bo‘linmasi komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI