LOSEVA VERA ALEKSANDROVNA

         

      Katta leytenant Loseva (Manshina) Vera Aleksandrovna, 1922-yil 6-avgustda Yaroslavl viloyati Okunevo Burmakinskiy tumanida tug‘ilgan, 1940-yilda Yaroslav shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

         1942-yil iyunda IIXK qo‘shinlari radiomaktabi kursanti sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yil sentabrdan 1944-yil oktabrgacha IIXK Smolensk viloyat boshqarmasida (Kondrovo sh.) radist, undan so‘ng maxsus xizmat safariga jo‘natilgan. 1944-yil noyabrdan 1945-yil sentabrgacha bo‘lgan davrda IIXK qo‘shinlari maxsus tayinlangan alohida otryadi o‘quv bataloni radiorotasi kursanti bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI