LOBANOV IVAN PETROVICH

           Leytenant Lobanov Ivan Petrovich, 1920-yil 4-yanvarda Saratov viloyati Tatishevskiy tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 1932-yilda qishloq maktabining 4-sinfini tamomlagan.

          1940-yil iyulda Orlov harbiy okrugi 488-artilleriya polki telefon ustasi lavozimida xizmatni boshlagan. 1941-yil avgustdan 1945-yil maygacha 4-zarbdor armiyasi 138-artilleriya brigadasining komandiri, 1945-1946-yillarda Boltiq bo‘yi alohida harbiy okrugi 149-armiya artilleriya brigadasi komadiri bo‘lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Shon-sharaf belgisi”, “Germaniya ustidan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozonilganiga 20, 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“SHON-SHARAF BELGISI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI