LISYUK NIKOLAY NIKANDROVICH

     

        Leytenant Lisyuk Nikolay Nikandrovich, 1921-yil 23-noyabrda Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1950-yilda Samarqand savdo-tijorat institutini tamomlagan.

     1940-yil iyundan 1941-yilgacha bo‘lgan davrda Leningrad harbiy okrugi 122-o‘qchilar diviziyasi, 369-gaubitsa artilleriya polki radiotelegrafisti sifatida xizmatni o‘tagan. 1941-yilda Shimoliy front 122-o‘qchilar diviziyasi, 285-artilleriya polki radiotelegrafisti etib tayinlangan. 1943-yil mayda Bryansk fronti bosh qo‘mondonligi 13-artilleriya zaxira diviziyasi radioustasi lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI