LISENKO MIXAIL PANTELEYEVICH

   

        Podpolkovnik Lisenko Mixail Panteleyevich, 1923-yil 29-noyabrda Oltoy o‘lkasi Kaip Klyuchevsk tumanida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Oltoy o‘lkasidagi o‘rta maktabning 7-sinfini, 1955-yilda DHQ Oliy maktabi kurslarini tamomlagan.

      1942-yil avgustgacha Moskva harbiy okrugiga qarashli piyoda askarlar bilim yurti kursanti bo‘lgan. O‘qishni tugatib, pulemyotchilar vzvodi, undan keyin Volxov fronti 54-Armiyasi 198-o‘qchilar diviziyasi 1029-o‘qchilar polki kimyoviy himoyalash vzvodi komandiri etib tayinlandi. 1943-yil iyundan boshlab, Volxov fronti 54-Armiyasi kadrlar bo‘limi zaxirasida bo‘lgan. Jangda yaralanganidan so‘ng, 1944-yil avgustgacha 1778-evakuatsiya gospitalida davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘ini tiklanganidan so‘ng, 1-Boltiqbo‘yi ofitserlar tarkibi zaxirasi 12-alohida polkiga o‘tkazilgan. 1944-yil sentyabrda yana davolanish uchun 5022- gospitalga jo‘natildi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida uchun “II darajali Vatan urushi”, “Shon-sharaf belgisi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmati uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“SHON-SHARAF BELGISI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI