LISENKO KAPITALINA TIXONOVNA

   

           Starshina Lisenko Kapitalina Tixonovna, 1921-yil 21-oktabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Samarqand shahridagi 37-sonli o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1942-yilning mayidan noyabrigacha Xarkov aloqa aviatsiya bilim yurti kursanti bo‘lgan, 1942-yil noyabrdan 1943-yil martgacha 13-zaxira aloqa polki kursanti (Novosibirsk sh.), o‘qishni tamomlaganidan so‘ng Leningrad fronti tarkibida
13-Havo kuchlari armiyasiga morze alifbosi bo‘yicha telegrafist sifatida jo‘natiladi va u yerda 1945-yil avgustgacha xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI