LIMAR IVAN SERGEYEVICH

         Serjant Limar Ivan Sergeyevich, 1914-yil 1-sentabrda Ukraina SSRning Nikolayev viloyati Kalindorfsk tumani Chubarevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda Odessa shahridagi Oliy qishloq xo‘jalik maktabini tamomlagan.

       1936-yil noyabrda IIXK qo‘shinlari polki 236-konvoychilar bo‘linmasi (Moskva sh.) komandiri sifatida xizmatni boshlagan. 1938-yil noyabrdan 1939-yil noyabrgacha IIXK qo‘mondonlik tarkibini takomillashtirish kichik leytenantlar maktabining kursanti. 1941-yil martgacha IIXK O‘rta Osiyo harbiy okrugi (Toshkent sh.) maxsus bo‘limi operativ xodimi. 1941-yil martdan noyabrgacha IIXK O‘rta Osiyo harbiy okrugi 3-bo‘limi 3-bo‘linmasi operativ xodimi. 1941-yil 12-noyabrda frontda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan.