LESKIN VASILIY YEVGENEYEVICH

         

        Podpolkovnik Leskin Vasiliy Yevgeneyevich, 1921-yil 25-iyunda Qozog‘iston SSR Sharqiy Qozog‘iston viloyati Predgorensk tumani Azov qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda o‘rta maktabni, 1961-yilda DXQ Oliy maktabini tamomlagan.

      1939-yil noyabrdan 1941-yil aprelgacha bo‘lgan davrda Baykalorti harbiy okrugi 17-armiyasi aloqa armiyasida qizil askar-telegrafist sifatida xizmatni o‘tagan. 1941-yilda Baykalorti harbiy okrugi 17-armiyasi 406-aloqa polkida Qizil Armiya askari telegrafisti, 1941-yil noyabrdan 1943-yil avgustga qadar Baykalorti harbiy okrugi 17-armiyasi 406-aloqa polki vzvod komandiri, kichik texnik-telegrafisti bo‘lgan. 1944-yil noyabrga qadar Baykalorti 907-alohida aloqa bataloni 85-o‘qchilar korpusida vzvod komandiri bo‘lgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI