LEKOMSEV STEPAN ANDREYEVICH

       Katta leytenant Lekomsev Stepan Andreyevich, 1910-yil 13-avgustda Kirov viloyati Falensk tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1936-yilda Kirov pedagogika ishchilar fakultetining 2-bosqichini tamomlagan.

         1941-yil apreldan 1942-yil avgustga qadar Molotov viloyati IIXKB operativ chekistlar bo‘limi operativ xodimi sifatida xizmatni o‘tagan. 1942-1943-yillarda Kalinin, 2-Belorus va Markaziy frontlari tarkibidagi 5-gvardiya diviziyasining 549-alohida gvardiya minomyotchilari diviziyasida operativ vakil lavozimida xizmat qiladi. 1945-yil sentabrga qadar 2-Belorus fronti 89-alohida avtobataloni “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi operativ vakili bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI