LEBEDEV BORIS YEVGENEVICH

         Katta leytenant Lebedev Boris Yevgenevich, 1917-yil 21-dekabrda Perm shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda maktabning 9-sinfini tamomlagan.

        1941-yil dekabrda Bryansk fronti 387-o‘qchilar diviziyasining 4-alohida rotasida o‘qchi sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yil avgustdan boshlab, jarohati tufayli 5445-sonli gospitalda (Tambov viloyati) davolanishda bo‘lgan. Sog‘lig‘i tiklanganidan so‘ng 1-Belorus fronti tarkibidagi IIXK 38-chegara polki 1-bataloni 1-yo‘nalish bo‘yicha zastavasining o‘qchisi lavozimiga tayinlanadi. 1944-yil dekabrdan 1945-yil mayga qadar Kamenets shahridagi Podolsk razvedkachilar kursi kursanti bo‘lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI