LAZAREV ALEKSANDR DMITRIEVICH

           Podpolkovnik Lazarev Aleksandr Dmitrievich, 1906-yil 13-avgustda Kuybiishev viloyati Yangi Bryansk tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda umuma’lim darajasini oshirish bo‘yicha ofitserlar maktabining 9-sinfini tamomlagan.

        1942-yil avgustda Bryansk fronti tarkibidagi 8-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limiga jo‘natiladi. 1942-yil dekabrdan 1943-yil iyulga qadar 5-og‘ir gvardiya minomyotchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, 1944-yil aprelga qadar Markaziy front tarkibidagi 48-armiya 5-og‘ir gvardiya minomyotchilari diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i, 1944-yil apreldan 1945-yil avgustgacha bo‘lgan davrda Belorus fronti tarkibidagi 4-artilleriya korpusi 5-og‘ir gvardiya minomyotchilari diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan yozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI