LASHKOV PETR IVANOVICH

        Kapitan Lashkov Petr Ivanovich, 1908-yil 19-avgustda Moskva viloyatining Kurkovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda Moskva shahridagi aloqa bilim yurtini tamomlagan, 1940-yilda kechki maktabning 7-sinfini tamomlagan.

         1938-yil avgustdan 1941-yil fevralga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK Pomir chegara otryadi 66-aloqa rotasi komandiri sifatida xizmatni o‘tagan. 1941-yil fevralda O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXK chegara qo‘shinlari boshqaruvi aloqa boshqarmasi 2-bo‘linmasi boshlig‘ining katta yordamchisi etib tayinlanadi. 1941-yil 1-iyulda amaldagi armiya safida frontga ketadi. 1941-yil 7-oktabrda fashist bosqinchilari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi.