KVASNIKOV VASILIY VASILYEVICH

     

        Serjant Kvasnikov Vasiliy Vasilyevich, 1903-yil 15-avgustda Saratov viloyatining Atkarsk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1923-yilda Atkarsk shahridagi mehnat maktabining 9-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1942-yilning aprel oyida Markaziy front tarkibidagi 458-o‘qchilar polkida o‘qchi lavozimidan boshlaydi. 1942-yilning avgust oyidan 1943-yilnig aprel oyiga qadar janglarda uch marotaba jarohat oladi va 3892, 4152 va 4651-sonli gospitallarda davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Udmurtiya ASSR IIV Sarapul ATQning ma’muriy-xo‘jalik qismiga boshliq etib jo‘natiladi va u yerda 1943-yilning iyun oyiga qadar xizmat qiladi. 1943-yilda 1-Ukraina fronti tarkibidagi 1239-o‘qchilar polkida o‘qchi, 1944-yiling mart-iyul oylarida 1-Belarus fronti tarkibidagi 295-gvardiya o‘qchilar polkida o‘qchilar bo‘linmasi komandiri, 1945-yilning aprel-avgust oylari davomida Gori shahridagi 88-zaxiradagi o‘qchilar polkida o‘qchilar bo‘linmasi komandiri lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil”  va “Mehnat faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“MEHNAT FAXRIYSI” MEDALI