KUZNETSOV VASILIY ANDREYEVICH

     

        Kapitan Kuznetsov Vasiliy Andreyevich, 1919-yil 13-fevralda Ryazan viloyati Sapojkovskiy tumani Prigorodniy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1958-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.

        1941-yil iyun oyidan 1943-yil may oyiga qadar Janubi-g‘arbiy frontning 11-artilleriya brigadasi 736-zenit artilleriya polki qurol komandiri, keyin 757-alohida tankka qarshi qiruvchi batalon komandiri lavozimlarida xizmatni o‘tagan. Yaralanganligi sabab 1943-yil avgust oyida 1870-sonli gospitalda davolangan. Shundan so‘ng 2-Boltiqbo‘yi frontining 28-o‘qchi diviziyasi 144-o‘qchi polki 3-o‘qchi bataloniga komsorg etib tayinlangan. 1944-yil yanvar oyida yana bir jarohatdan so‘ng 2050-sonli gospitalda davolanib chiqqach 3-Belorus frontining 208-o‘qchi diviziyasi 662-artilleriya polkiga komsomol tashkilotchisi sifatida yuborilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “II darajali Vatan urushi” ordenlari va “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI