KUZNETSOV VALENTIN PAVLOVICH

     

        Mayor Kuznetsov Valentin Pavlovich, 1912-yil 15-fevralda Turkmaniston SSRning Ashxobod shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1941-yilda Toshkent sanoat institutining 3-kursini tamomlagan.

        1942-yil aprel oyidan 1944-yil aprel oyiga qadar 78-o‘qchi diviziyasining komendantlik rotasi komandiri, bo‘linma starshinasi lavozimlarida xizmat qilgan. 1944-yilda, 2-Ukraina frontining 78-o‘qchi diviziyasi shtabi 4-bo‘linma katta kotibi, starshinasi. 1945-yil aprel oyida “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasi Novosibirsk maktabini tamomlagach, 63-o‘quv o‘qchi polkining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi etib tayinlangan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurlik uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI