KUZNETSOV LEV NIKOLAYEVICH

     

        Kichik leytenant Kuznetsov Lev Nikolayevich, 1924- yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, Leningraddagi o‘rta maktabning 7-sinfini, 1941-yilda Leningrad mexanika texnikumining 1-kursini tamomlagan.

        1941-yilda Leningrad frontining Kirov ko‘ngillilar diviziyasi va 21-tank diviziyasi 41-tank polki qizil askari sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yilgacha Leningrad frontining alohida ishchi bataloni qizil askari. 1942-yilda Leningrad frontining transport boshqarmasi harbiy prokuraturasi kotibi. 1942-yil avgust oyidan 1943-yilgacha Leningrad frontining 236-zaxira o‘qchi brigadasi 78-zaxira o‘qchi polki qizil askari, so‘ng 42-Armiya 38-alohida qiruvchi tankka qarshi bataloni komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil oktabr oyiga qadar Leningrad frontining 78-zaxira o‘qchi polki qizil askari bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Leningrad mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI