KUZMINA OLGA IVANOVNA

     

        Katta leytenant Kuzmina (Mixaylova) Olga Ivanovna, 1917-yil 26-iyulda Gorkiy shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1932-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1942-yil mart oyida IIXK 4-boshqarmasining alohida motoo‘qchi brigadasi 2-motoo‘qchi polki radisti sifatida xizmatni boshlagan va u yerda dushman ortida maxsus topshiriqlarni bajargan. 1942-yil avgust oyidan 1944-yil noyabr oyigacha DXXK alohida vazifalar bajaruvchi maxsus otryadi qo‘l pulemyotchisi. 1944-yil noyabrda DXXK alohida vazifalar bajaruvchi maxsus otryadning radio rotasiga kursant sifatida qabul qilingan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I darajali Vatan urushi partizaniga”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI VATAN URUSHI PARTIZANIGA” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI