KUST GEORGIY VASILYEVICH

   

        Mayor Kust Georgiy Vasilyevich, 1920-yil 20-avgustda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1958-yilda O’rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.

        1940-yil noyabr oyidan 1941-yil iyul oyiga qadar O’rta Osiyo harbiy okrugida aloqa tarmog’i kichik telefon mexanigi lavozimida xizmat o’tagan. 1942-yil may oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi 389-o’qchilar diviziyasi Ichki ishlar xalq komissariati (IIXK) maxsus bo’limi operativ xodimi yordamchisi, 1942-yil may oyidan 1945-yil yanvar oyiga qadar 1-Ukraina fronti 3-gvardiya armiyasi va Shimoliy-Kavkaz fronti 9-armiya
389-o’qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo’limi, keyinchalik “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yil yanvar oyidan aprel oyiga qadar yaralanganligi sababli 2502-sonli evakuatsiya gospitalida (Lvov sh.) davolangan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmati uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI