KURMANBAYEV ALIMBEK

   

        Leytenant Kurmanbayev Alimbek, 1918-yilda Qozog‘iston SSRning Janubiy Qozog‘iston viloyati Turkiston shahrida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti o‘rta, 1955-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1940-yil avgustda 9-Tank diviziyasining aloqa bataloni (Turkmaniston, Mari sh.) qizil askari sifatida xizmatni boshlagan. 1941-yil avgust oyidan 1943-yil aprel oyigacha G‘arbiy frontning 145 va 43-tank brigadalari 104-tank diviziyasi qizil askari, aloqa bo‘linmasi komandiri. 1944-yil dekabr oyigacha 2-Gorkiy tank bilim yurti kursanti (Tula). 1944-yil dekabr oyidan 1945-yil may oyigacha 1-Belorus fronti 116-tank polkida tank komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI