KURISHEV BORIS IVANOVICH

   

        Leytenant Kurishev Boris Ivanovich, 1919-yil 27-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 124-sonli o‘rta maktabning 10-sinfini, 1940-yilda Moskva shahridagi Jismoniy tarbiya instituti qoshidagi murabbiylar Oliy maktabini tamomlagan.

        1940-yil oktabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugining 396-alohida radio- divizionida jismoniy tarbiya rahbari sifatida ish boshlagan. 1942-yil iyun oyidan 1943-yil dekabr oyiga qadar G‘arbiy frontning 139-o‘qchi diviziyasi 718-o‘qchi polki minomyot vzvodi komandiri. 1944-yil avgust oyigacha 2-Boltiqbo‘yi fronti 3-zarbdor armiyasining 1919-sonli gospitalida tibbiy jismoniy tarbiya metodisti bo‘lgan. 1944-yil avgust oyidan 1945-yil avgust oyigacha Leningrad frontining 83-alohida zenit brigadasi vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI