KULISH FEDOR VASILYEVICH

     

        Podpolkovnik Kulish Fedor Vasilyevich, 1913-yil 8-iyunda Ukraina SSR Zaporoje viloyati Andreevskiy tumani Yarovitskiy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, 1934-yilda Zaporoje viloyati agrozoologiya texnikumini tamomlagan.

        1941-yil oktabr oyida Janubiy frontning 12-Armiyasi 273-o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi zaxiradagi operativ xodim lavozimida xizmat qilgan. 1942-yil fevral oyida Kavkazorti frontining 9-armiyasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi, shu yilning sentabr oyida Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz frontlarining 9-gvardiya o‘qchi brigadasi operativ xodimi etib tayinlangan. 1943-yil iyul oyidan 1945-yil avgust oyigacha Shimoliy Kavkaz, 2, 3 va 4-Ukraina frontlarining 109-o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining katta operativ xodimi bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Belgradni ozod etganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BELGRADNI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI