KULAKOV AXMADULLA SAFAYEVICH

   

        Leytenant Kulakov Axmadulla Safayevich, 1925-yil 22-dekabrda Qozog‘iston SSR Aqto‘be viloyati Xobdinskiy tumani Novo-Alekseyevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Toshkent shahridagi 1-sonli o‘rta maktabni tamomlagan.

        1943-yil oktabrda 2-Ukraina frontining 30-sonli DXXK harbiy senzura bo‘linmasining 2-toifali nazoratchisi lavozimida xizmat qilgan. 1944-yil may oyidan iyul oyiga qadar 2-Ukraina frontining 30-sonli DXXK harbiy senzura bo‘linmasining 1-toifali nazoratchisi. 1944-yil iyul oyida 2-Ukraina frontining 30-sonli DXXK harbiy senzura bo‘linmasining operativ xodimi yordamchisi etib tayinlangan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI