KUDRYASHOV ALEKSANDR ANTONOVICH
Podpolkovnik Kudryashov Aleksandr Antonovich, 1919-yil 10-avgustda Saratov viloyati Balashovskiy tumani Padi qishlog‘ida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1962-yilda DXQ Oliy maktabini tamomlagan.
1942-yil avgust oyida Uzoq Sharq fronti 2-Armiyasi 27-zaxira o‘qchi brigadasi 388-zaxira o‘qchi polki bo‘linma komandiri lavozimida xizmatni boshlagan. 1943-yilda G‘arbiy frontning 50-Armiyasi 718-o‘qchi polkining minomyotchilar rota starshinasi. 1943-yil aprel oyidan 1944-yil fevral oyigacha G‘arbiy frontning harbiy-siyosiy bilim yurti, so‘ng “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasi Toshkent maktabi kursanti bo‘lgan. 1945-yil dekabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugining 24-zaxira o‘qchi diviziyasi 51-zaxira o‘qchi polki “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi operativ xodimi bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.