KUCHUN MIXAIL BORISOVICH

     

        Mayor Kuchun Mixail Borisovich, 1920-yil 20-iyulda Snimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda Orjonikidze shahridagi o‘rta maktabni tamomlagan.

        1941-yil iyulda Stalingrad harbiy-siyosiy bilim yurtini tamomlaganidan so‘ng Volxov fronti 285-o‘qchilar diviziyasi 1013-o‘qchilar polkining sapyorlar rotasiga siyosiy masalalar bo‘yicha rahbari etib tayinlanadi. 1942-yilda Volxov fronti 285-o‘qchilar diviziyasi 1013-o‘qchilar polkining batalonida komissari, 1943-yil fevralda Volxov fronti 285-o‘qchilar diviziyasi 1013-o‘qchilar polkining o‘qchilar bataloni komandir o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1944-yil fevralda og‘ir yaralanadi va davolanish uchun 3339-evakuatsiya gospitaliga jo‘natiladi. Sog‘lig‘ini tiklaganidan so‘ng 1944-yil avgustda Shimoliy-Kavkaz harbiy okrugi 15-zaxira o‘qchilar diviziyasi 356-zaxira o‘qchilar polkining 1-o‘quv o‘qchilar batalonidagi 1-o‘qchilar o‘quv rotasiga komandiri etib tayinlanadi va u yerda 1945 yil sentyabrgacha xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI