KUCHEROV NIKOLAY VLADIMIROVICH

     

        Mayor Kucherov Nikolay Vladimirovich, 1916-yil 21-sentabrda Tambov viloyati Shulchiskiy tumani Chemlich qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Lipetsk shahridagi tog‘-metallurgiya texnikumini tamomlagan.

          1939-yil mart oyida IIXKning Moskva maktabini tamomlaganidan so‘ng xizmatni razvedkachi, katta razvedkachi, Oltoy o‘lkasi IIXKBning operativ xodimi sifatida o‘tadi. 1942-yil sentabrdan 1943-yil aprelgacha Shimoliy-G‘arbiy frontning 25-alohida tog‘ chang‘isi brigadasining IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi, 1944-yil mart oyigacha maxsus tayinlangan 41-alohida muhandislik brigadasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi va Shimoliy-G‘arbiy fronti 89-alohida o‘qchilar brigadasi 34-armiyasi operativ xodim, 1944-yil martdan 1945-yil maygacha Kavkazorti fronti “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi lavozimlarida xizmat qiladi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan g‘alaba qozonilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun” va “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI