KRYUKOV KUZMA SERGEYEVICH

     

        Podpolkovnik Kryukov Kuzma Sergeyevich, 1919-yil 16-noyabrda Saratov viloyati Serdobinskiy tumani Malaya-Serdoba qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Olmaota shahridagi 2-sonli kechki maktabning 10-sinfini, 1956-yilda Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan.

        1939-yil sentabr oyidan 1941-yil avgust oyigacha bo‘lgan davrda Moskva va Leningrad harbiy muhandislik bilim yurti kursanti, undan so‘ng Janubi-G‘arbiy va Stalingrad frontlarining 5-gvardiya minomyotchilar polki elektrotexnika muhandisi, batareya komandiri etib tayinlangan. 1942-yil dekabr oyidan 1944-yil dekabr oyiga qadar Voronej va Ukraina frontlarining 5-gvardiya minomyotchilari polki shtabi boshlig‘i yordamchisi, 1945-yil aprel oyiga qadar 4-Ukraina frontining artilleriya shtabi boshlig‘i yordamchisi bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI