KROMER IVAN EDUARDOVICH

     

        Kromer Ivan Eduardovich, 1921-yilda Omsk shahrida tug‘ilgan, millati latish, ma’lumoti o‘rta, Toshkent shahridagi 134-sonli o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

        1940-yildan 1941-yilgacha fuqaro havo floti (Aralsk sh.) bosh boshqarmasi 42-o‘quv eskadrilya kursanti bo‘llgan. 1944-yilga qadar 1-alohida latish zaxira polki qizil askari, 1944-yildan Shimoli-g‘arbiy frontning 43-gvardiya latish o‘qchi diviziyasi 121-o‘qchi polki bo‘linma komandiri, 2-Boltiqbo‘yi frontining 130-latish korpusi qoshidagi 170-alohida aloqa bataloni katta telegraf xodimi, so‘ng Leningrad frontining 308-o‘qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedkasi operativ xodimi sifatida frontda xizmat qilgan. 1945-yil 5-mayda jangda halok bo‘lgan.