KRIVOPUSKOV ALEKSANDR PAVLOVICH

 

       

        Starshina Krivopuskov Aleksandr Pavlovich, 1923-yil 6-iyulda Voronej viloyati Sadovskiy tumani Kushlev qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini, 1941-yilda Zvenigorod musiqa kasb-hunar maktabini tamomlagan.

        1942-yil yanvar oyidan dekabr oyiga qadar Kalinin frontining 1223-o‘qchi polkida Qizil armiya pulemyotchi-askari sifatida xizmatni o‘tagan. 1943-yil mart oyiga qadar 5-o‘quv tanki polki kursanti (Kalinin sh.). 1943-yilda Kalinin frontining 81-tank brigadasi tank komandiri. 1943-yil iyul oyidan 1944-yil aprel oyigacha Shimoliy-g‘arbiy frontning 1393-alohida aloqa rotasi telefon bo‘linmasi komandiri bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI