KRIVITSKIY MATVEY STEPANOVICH

   

         Mayor Krivitskiy Matvey Stepanovich, 1923-yil 15-oktabrda Stalingrad viloyati Elanskiy tumani, Duboviy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1951-yilda Toshkent moliya-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

        1942-yil fevral oyida Irkutsk viloyati qirg‘oq mudofaasi Harbiy-dengiz bilim yurti kursanti sifatida o‘qishga kiradi.
1943-yil iyul oyidan 1945-yil aprel oyiga qadar Tinch okeani flotining 290-artilleriya brigadasi 2-zenit artilleriya polki
53-batareya komandiri. 1945-yil aprel oyidan Tinch okean flotining 290-artilleriya brigadasi 1-zenit artilleriya polki 654-batareyasi qurol-aslaha komandiri lavozimida xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 30 va 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI