KRILOV NIKOLAY ANDREYEVICH
Katta leytenant Krilov Nikolay Andreyevich, 1919-yil 18-dekabrda Kalinin viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda Moskva iqtisodiyot-rejalashtirish texnikumini tamomlagan.
1940-yil noyabr oyidan boshlab Komsomolsk-Amur shahridagi 51-razvedka aviabrigadasi qoshidagi 12-ta’mirlash ustaxonasida mexanik va 495-batalonida ish yurituvchi bo‘lib ishlagan. 1943-yilda Uzoq Sharq frontining harbiy tribunal komendanti, 25-Armiya 262-o‘qchi brigadasi shtabining 4-bo‘limi boshlig‘i yordamchisi. 1944-yil sentabr oyida 262-alohida o‘qchi brigadasi komindantlik bo‘linmasi boshlig‘i sifatida Primorsk o‘lkasiga o‘tkazilgan. 1944-yil dekabr oyidan 1947-yil may oyigacha Shimoliy Koreyaning Pxenyan shahridagi 386-o‘qchi diviziyasi 495-o‘qchi polki va 364-o‘qchi diviziyasi 627-o‘qchi polkining kiyim-kechak ta’minoti bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.