KREMLEV VITALIY FEDOTOVICH

     

        Podpolkovnik Kremlev Vitaliy Fedotovich, 1907-yil 16-martda Qozog‘iston SSRning Oqmola viloyati Belovskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang‘ich, 1918-yilda cherkov qoshidagi boshlang‘ich maktabning 3-sinfini, 1937-yilda IIXK Markaziy maktabini tamomlagan.

        O‘quv yurtini tamomlaganidan so‘ng 1937-yil yanvar oyidan 1945-yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrda IIXK-DXXK Kursk viloyat boshqarmasida bo‘linma boshlig‘i yordamchisi, bo‘linma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. Ulug‘ Vatan urushi davrida V.F.Kremlevning rahbarligi va shaxsan ishtirokida fashist qo‘shinlarining orqa tomonidan partizan va razvedka-qo‘poruvchilik faoliyati tashkil qilinadi, buning natijasida dushmanga jiddiy zarar etkaziladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “I darajali Ulug‘ Vatan urushi  partizani”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI VATAN URUSHI PARTIZANIGA” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI